📚✨ Zarbdorda “Payshanba – yoshlar kuni” shukuhi! ✨🎶

Zarbdor tuman hokimligi tashabbusi bilan tumanda “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan ko‘tarinki ruhda adabiy-badiiy va musiqiy kecha tashkil etildi.
She’riyat va musiqa uyg‘unlashgan ushbu tadbirda yuraklarga yetib boruvchi satrlar, dilni rom etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.
Yoshlar o‘z iste’dodlarini namoyon etib, sahnada erkin ijod qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Kecha davomida ijod, ma’naviyat va yurtga muhabbat ruhidagi chiqishlar barchaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
🌟 Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ijodga, kitobxonlikka va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📌 Zarbdorda yoshlar hayoti – har kuni bayram!