🏃‍♀️ “Juma — sport kuni” munosabati bilan tumandagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida yugurish bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jamoalar o‘rtasida do‘stona hamjihatlik muhitini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, matonati va sportga bo‘lgan intilishlarini namoyon etib, faol qatnashdilar. Bellashuv yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.
🏅 Tadbir yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
💪 Sog‘lom hayot — farovon kelajak garovi!