#Xotira_abadiy_xotira_mangu

Zarbdorda 9-may — Xotira va qadrlash kuni tantanali nishonlandi 🕊🇺🇿

Zarbdor tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xotira xiyobonida tantanali tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, mehnat faxriylari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, Vatan ozodligi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Tadbir davomida Xotira xiyobonidagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, urush va mehnat faxriylari, shuningdek, el-yurt osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasi yod etildi